Barmoqlar vositasida yaponcha davolash
Jin shin jitsu- Yaponiyada 5 daqiqa ichida davolash usuli. Salbiy his-tuyg‘ularning tinchlantirish orqali organizmdagi muvozanatni tiklash mumkin. Har bir barmoqni 1-2 daqiqa uqalash orqali organizmdagi turli noxushliklardan xalos bo‘ling.
Bosh barmoq
His-tuyg‘u – bezovtalik
A’zolar – me’da va qorajigar
Muammolar – bosh og‘rig‘i, ruhiy tushkunlik, xavotir, charchoq.
Ko‘rsatkich barmoq
His-tuyg‘u – qo‘rquv
A’zolar – buyraklar, qovuq
Muammolar – mushaklardagi og‘riq, artrit, beldagi og‘riq, milklar bilan aloqador muammolar.
O‘rta barmoq
His-tuyg‘u –g‘azab, jizzakilik
A’zolar – jigar, qovuq
Muammolar – aqliy charchoq, ko‘z o‘tkirligi, quruq yo‘tal.
Nomsiz barmoq
His-hayajon – g‘amginlik, qayg‘u
A’zolar – o‘pka, yo‘g‘on ichak
Muammolar – o‘ziga bo‘lgan shubha, g‘amginlik, buyrak va ko‘krakdagi og‘riqlar.
Jimjiloq (eng kichik barmoq)
His-tuyg‘u – asabiylik
A’zolar – yurak va ingichki ichak
Muammolar – tomoqdagi og‘riq, asabiylik, qorindagi og‘riqlar, o‘ziga bo‘lgan bahoning pasayishi.
Tezda tichlanishni istaysizmi?
Bosh barmog‘ingiz bilan kaftingizni o‘rta qismini 2 daqiqa davomida bosib turing.
Shunday ibora bora — “O‘zingni qo‘lga ol”. Bunday paytlarda aynan bu kabi uqalash mashqlari yaqindan yordam beradi. Bu orqali Siz nafaqat ichki a’zolar faoliyatini yaxshilaysiz, balki, ruhiyat bilan bog‘liq salbiy holatlarni ham nazoratga olib, kayfiyatni a’lo darajaga ko‘tara olasiz.
Xurshida Husenova