O‘zbekistonda 3-4 yoshdagi bolalarning 46 foizi o‘z otasi bilan o‘ynash imkoniga ega emas
O‘zbekistonda 3-4 yoshdagi bolalarning 46 foizi o‘z otalari bilan o‘ynash imkonidan mahrumdir, deb bayonot qildi YUNISEF.
Hujjatda qayd etilishicha, dunyoning 74 ta davlatida 3-4 yoshdagi bolalarning teng yarmidan ko‘pi, bu esa 40 million bolakaylar demakdir, ota e’tiboridan mahrum.
Bu davlatlarda otalar o‘z bolalari bilan kamdan-kam o‘ynashadi, ba’zida esa, kichkintoylarni umuman e’tiborsiz qoldirishadi. “Bu vaqtda esa, aynan shu yoshda ota o‘z farzandining aqliy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi”, deyiladi YUNISEF bayonotida.
BMT yangiliklar markazi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, Belarusiyada kichkintoylarning 32 foizi, Ukrainada – 29 foizi, Gruziyada – 40 foizi, Qozog‘istonda – 49 foizi ota e’tiboridan mahrumligi aniqlangan.
Bayonotda aytilishicha, aynan 3-4 yosh inqiroz davri bo‘lib, bolalar bu vaqtda ham ona, ham ota mehriga tashna bo‘ladilar. Ularni bu vaqtda to‘g‘ri ovqatlantirish, muhabbat, stress va zo‘ravonlikdan himoya qilinishga muhtoj bo‘lar ekan. Shuningdek, birinchi ming kunlikda bola miyasi ulkan tempda rivojlanishi – har bir soniyada unda mingga yaqin birikmalar paydo bo‘lishi aytilgan. Bu birikmalar bolaning kelajakdagi hayotida fikrlash apparati imkoniyatlarini ta’minlash uchun javob berarkan.»
“Yuqoridagi raqamlar otalar o‘z farzandlari hayotining ilk bosqichlarida ular rivojlanishida hamisha ham faol rol o‘ynamasliklarini ko‘rsatmoqda”, – degan YUNISEF vakili Lourens Chendi.
Chendi ota va bolaning birga o‘ynashi uchun mavjud bo‘lgan barcha to‘siqlarni yengib o‘tishga va kichkintoylarga ko‘proq e’tibor berishni, ularni yaxshi ko‘rishni, ular bilan o‘ynashni, ularga ertak o‘qishni, turli hikoyalar aytib berishni, ular bilan birga kuylab, rasm chizishga chaqirgan.
Manba: sof.uz