Tungi bosinqirashdan qanday qutulish mumkin?
Uyqudagi falajlik, oyparastlik va tungi bosinqirash — olimlar haligacha tushuntirib bera olmagan juda taajjub holatlardir. Ularni aynan nima keltirib chiqarishi va ular nima uchun kuzatilishini bilmaymiz. Ular odamni qo‘rqitadi va o‘zini ojiz his qildiradi, bu juda yoqimsiz holatdir.
Uyqudagi falajlik asosan kattalarda kuzatilsa, tungi bosinqirash uch yoshdan sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarda paydo bo‘ladi. Odam hatto tushida aynan nimani ko‘rganini va tinchi nimadan buzilganini eslay olmasa-da, qo‘rquvni his qiladi.
Bosinqirash belgilari: qichqiriqlar, bezovta harakatlar, sarosimalik.
Odamni qamrab oladigan dahshat vahshiyonadir. Yovvoyi qo‘rquv ko‘pincha “katta yopilgan ko‘zlar” effekti bilan birga kechadi: odam qayergadir qarab, nimanidir ko‘rayotgandek bo‘ladi, aslida esa u hali uyquda bo‘ladi.
Tungi bosinqirashni keltirib chiqaradigan omillar
Olimlar yomon tush ko‘rishga sabab bo‘ladigan ba’zi sabablarni tavsiflab berdi, bular:
charchoq;
begona joydagi uyqu;
isitma;
stress;
to‘la siydik pufagi.
Tez uxlab qolishga va uyquning tinch kechishiga nima yordam beradi?
Quyidagi uslublar tungi bosinqirashdan xalos bo‘lish uchun kafolat bermasa-da, bunday holatlarni kamaytirishga yordam berishi aniq.
Zangori yorug‘likni kamaytiring
Spektrning ko‘k qismidagi yorug‘lik uyqu uchun zarur bo‘lgan melatonin organizmda gormonini kamaytiradi. Bunday yorug‘lik kompyuter, planshet yoki smartfon ekranidan chiqadi. Gadjetlardan uyquga ketishdan ikki soat avvalroq foydalanib oling. Yoki spektrning ko‘k qismini bloklaydigan maxsus dasturlarni o‘rnating.
Issiq vanna qabul qiling
Issiq vannada tana haroratini oshirsangiz, so‘ng uxlashga yotib, uni keskin tarzda pasaytirsangiz, organizm uxlash vaqti kelganini tushunadi. Bu tezroq uyquga ketish uchun oddiy usuldir.
Esnang
Sizning xatti-harakatingiz bevosita hislaringizga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p tabassum qilsangiz, kayfiyatingiz ham ko‘tariladi, esnasangiz — uyqungiz kelganini his qilasiz. Bir necha marta esnab, o‘z tanangizni “aldang”, shunda ko‘zlaringiz yumila boshlaydi.
Aksiga ish tuting
Uyqungiz kelmayaptimi? Juda yaxshi, mayli, shunday bo‘lsin. Nima bo‘lsa ham, ko‘zlaringizni yummang. Bor kuchingizni ishga solib, tetiklashing. Bu sizni charchatadi, natijada tezda uyqungiz kelib qoladi. Ammo shuni yodda tutingki, televizor ko‘rish, kitob o‘qish yoki hayajonli narsa haqida o‘ylash mumkin emas.
O‘zingizda odat shakllantiring
O‘zingizni muayyan sharoitda uxlashga o‘rgating. Masalan, sokin musiqa yoki tungi chiroqning mayin nurlari ostida. Miyangiz ushbu muhitni uyqu uchun signal sifatida qabul qiladi, shunda tezroq uyquga ketasiz va qattiq uxlaysiz.
Bosinqirayotgan odamga qanday yordam berish mumkin?
odamni uyg‘otishga urinmang. Uyg‘onganidan so‘ng u alahsirashi va sizni tanimasligi mumkin. Bu vahima va stressni kuchaytiradi xolos.
uyg‘onganidan so‘ng chalg‘iting. Aks holda, qaytadan uxlab qolgach, yana dahshatli tush ko‘rish holatiga cho‘kadi. Yaqin kishingizni hojatga chiqib kelishga yoki shunchaki yuz-qo‘lini yuvishga ko‘ndiring.
Tungi bosinqirashdan butunlay qutulish mumkinmi?
Agar dahshatli tushlarni yosh bola ko‘rayotgan bo‘lsa, bu vaqtinchalik holat bo‘lishi mumkin. Ulg‘aygani sari, yomon tush ko‘rish odati yo‘qoladi.
Katta odamlar esa tushida nima ro‘y berganini yaxshi eslab qoladi. Tungi bosinqirash ular uchun bolalikdagi jarohatlar, stress, ruhiy yoki jismoniy zo‘riqishlar oqibati bo‘lishi mumkin.
Tungi bosinqirash oldini oladigan mo‘jizaviy dori yo‘q. Uni keltirib chiqaradigan omillarni bartaraf eting va umr yo‘ldoshingizni sizga yordam berishga o‘rgating.
Manba: sof.uz