Er-xotinning umumiy mulkiga nimalar kiradi?

Turmush o‘rtog‘im bilan nikohimizni bekor qilmoqchimiz. U “uydan haydayman, hech narsa bermayman”, deb dag‘-dag‘a qilayapti. Barcha mol-mulk uning puliga olinganini vaj qilyapti. Mol-mulklarda mening ham hissam borligini qanday isbotlashim mumkin?

D. BOTIROVA, Qarshi shahri

Er-xotinning turmush davomida orttirgan mol-mulki yuzasidan nizoni hal etishda “Oila” kodeksining 23-moddasiga rioya etiladi. Unga ko‘ra agar nikoh shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulki, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulki ularning umumiy mulki hisoblanadi. Er va xotindan biri uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega bo‘lmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo‘ladi. Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga har birining mehnat, tadbirkorlik va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular olgan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek, maxsus maqsadga mo‘ljallanmagan boshqa pul to‘lovlari kiradi.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: