Tabiat bilan hamohang
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yangi bog‘ ochildi. Unga buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi.
Maydoni 12 gektardan iborat bu ekologik bog‘ning landshaft dizayni, suv havzalari, sport maydonchalari maxsus ekologik arxitektura-qurilish talablari asosida bunyod etilgan. Bu yerdagi mavjud qurilmalar sog‘lom turmush tarzi g‘oyalari targ‘ibotiga xizmat qiladi. Bog‘dagi sport maydonchalarining ilk mehmonlari “Mehribonlik” uylarining tarbiyalanuvchilari, ko‘p bolali oila farzandlari bo‘ldi.