Badantarbiya ayollar uchun foydali
Tekshiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, ko‘rimsiz qad-qomat ayollarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni kamaytirib, ruhiy siqilish holatlarini keltirib chiqarar ekan. Britaniya-Kolumbiya universiteti mutaxassislari ayollar o‘z qomatidan mamnun bo‘lishi uchun kuniga yarim soatdan badantarbiya qilib turish yetarli ekanini aniqladi.
Tadqiqotda ayollardan iborat ikki guruh qatnashdi. Birinchi guruh a’zolari 30 daqiqa davomida o‘rtacha tezlikda badantarbiya bilan shug‘ullanishdi, ikkinchi guruh esa boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘ldi. Olimlar ishtirokchilarning tana holati va his-tuyg‘ularini taqqoslab ko‘rdi. Badantarbiya qilgan ayollarda ikkinchi guruh ishtirokchilariga nisbatan anchagina sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Bu holat kamida 20 daqiqagacha saqlanib turdi.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu ayollarning kayfiyati o‘zgargani bilan emas, balki ular o‘zlarini sog‘lom va xushbichim his qilgani bilan bog‘liq.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.