Borovskiy kollejida bu yil qabul amalga oshirilmaydi va o‘quv muassasa yopilishi mumkin

Bugun “Feysbuk”dagi “Potrebitel” guruhi foydalanuvchilaridan biri P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji yopilayotgani to‘g‘risida mish-mishlar borligi va bu rost yoki yolg‘onligi haqida so‘rab, post yozib qoldirdi, deb xabar qilmoqda “Darakchi” nashri.

Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida nashr O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus,kasb-hunar ta’limi markazidagi ishonchli manbalari bilan bog‘landi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu yil Borovskiy tibbiyot kollejida qabul amalga oshirilmaydi. Qolgan o‘quvchilar, ya’ni 1-2 kurs talabalarining taqdiri qanday hal etilishi haqidagi savolga esa ayni damda ushbu masalada rasmiy hujjat tayyorlanayotgani va tez orada bu haqda batafsil ma’lumot olish mumkinligini ma’lum qildi.

O‘rta maxsus,kasb-hunar ta’limi markazining qabulxona raqamlari bilan bog‘langanimizda, kollej boshqa qabul amalga oshirilmasligi, faoliyati tugatilishi haqida ma’lumot berishdi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 3 may kuni P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi 1999 yilda tug‘ilgan Ibroximov Jasurbek Maxammadjon o‘g‘li tan jarohati olib, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasiga yotqizilgan va olgan tan jarohatlari natijasida 2017 yil 1 iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan.

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan shaxsan nazoratga olindi.

Yana o‘qing:  Bola necha yoshdan sport bilan shug‘ullanishni boshlagani ma’qul?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: