O‘zbekistonda oliygoh maqomidagi ilk madrasa ro‘yxatdan o‘tkazildi
O‘zbekistonda Buxoro viloyatidagi Mir Arab oliy madrasasi diniy oliy ta’lim muassasasi sifatida Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb xabar berdi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili.
«O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan «Mir Arab» oliy diniy ta’lim muassasasi tashkil etildi hamda respublika Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi», – dedi qo‘mita vakili.
Uning aytishicha, kelayotgan o‘quv yilida madrasaga 50 nafarga yaqin talaba qabul qilinadi, ular dinlar tarixi va nazariyasi, islom huquqi va arab tilini o‘rganadilar. Qo‘mita vakili Shavkat Mirziyoev mart oyida viloyatga uyushtirgan safari chog‘ida XVI asrda qurilgan Mir Arab madrasasining maqomini tiklash zarurati haqida aytib o‘tganligini bildirdi.
«O‘zbekistondagi ilk islom oliy ta’lim muassasasi islom dini asoslarini chuqur va har tomonlama o‘rganish hamda mamlakatda diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi», – dedi agentlik vakili.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda mingga yaqin talabalar o‘rta maxsus ta’lim muassasasi maqomiga ega to‘qqiz madrasa, Toshkent islom instituti va Toshkent islom universitetida diniy va dunyoviy bilimlardan saboq olmoqdalar.
Manba: sof.uz