CHINIQISH MAHORATI

Sport to‘garagi epchillikni, irodani, o‘ziga bo‘lgan ishonchni, chidamlilikni oshirib, qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatadi. Bola boshqalar bilan bir guruh bo‘lib ishlashni o‘rganadi.

Sakkiz yoshli Gulhayo ham xuddi shunday tabiatan tortinchoq, nozik qiz. Tengdosh qizlaridan farqli o‘laroq unda jasurlik va iroda yetishmasdi. Qizining bu tarzda o‘sayotganini ko‘rgan dadasi farzandidagi bu nuqsonlarni bartaraf etish uchun qiz bolani har tomonlama kuchli, sog‘lom, barkamol bo‘lib voyaga yetishishida ta`sir qiladigan biron-bir sport turiga bermoqchi bo‘lishdi. Uylay-uylay uni yashab turgan joyiga uncha uzoq bo‘lmagan “Zulxumor” karate klubiga a`zo qildi. Dadasi yanglishmagan ekan. Ko‘p o‘tmay ota kutgan umidlar o‘z samarasini bera boshladi. Gulhayoda ijobiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Unda kundan-kunga shijoat, qat‘iyatlilik o‘ziga-o‘zi bo‘lgan ishonch namoyon bo‘la boshladi. Bundan esa albatta, dadasining kungli chog‘ bo‘ldi.

Olmaliq shahar 18-maktabning 3-sinf o‘quvchisi Gulhayo Qo‘ziboyeva mana bir yildan buyon “Zulxumor” karate klubida ustozi, Karate bo‘yicha jahon chempioni, Shotokan karete-do assotsiatsiyasi tarma jamoasi murabbiyi Bahodir Boboyevdan bu sport turining sir-sinoatlarini qunt bilan bilan o‘rganib kelmoqda. Hali unda tajriba unchalik oshmagan bo‘lsada, tengdoshlaridan farqli o‘laroq xavas qilsa arzigulik yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Uning birinchi yutug‘i Yangiyo‘l shahrida Toshkent viloyati tumanlari bo‘yicha o‘tkazilgan Shotokan karate-do bo‘yicha “Shoxabbos” karate klubining klublararo ochiq birinchiligi yakka tartibda kumite (kata) baxslarida ABC vaznda 3-o‘rinni qo‘lga kiritgani bo‘lsa, shu yilning avgust oyida Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbeksiton kubogi birinchiligida qatnashib sovrindor bo‘lgani uning yangi mararalar sari yanada intilishiga zamin yaratdi.

– Oilada uch qizmiz. uyimizda o‘g‘il bolalar bo‘lmaganligi uchun men dadamga o‘g‘il o‘rnida bo‘lishni juda xohlardim. Ikkita singlim iste`dodli qizlar. Ularni ham qiziqishlariga qarab ota-onam mashg‘ulotlarga berishgan. Biri kelajakda rassom bo‘lmoqchi. Biri esa badiiy gimnastika bo‘yicha sport ustasi. Xudo xohlasa men ham dadamning orzularini ro‘yobga chiqarishga harakat qilaman. Jahon, olimpiada chempioni bo‘laman, – deydi jajji qalb egasi o‘zining oilasi, orzulari haqida gapirar ekan.

O‘zi bola bo‘lsada, oilasiga bo‘lgan mehr-muhabbat, kelajakka bo‘lgan intilish, orzulari esa osmon-osmon ekanligini ko‘rib, bu qizaloq kelajakda chindan ham chempion bo‘lishiga ishondim.

Yana o‘qing:  Amir Temur nomidagi mahallaning bir kuni

Gulhayo, kelajaging hamisha porloq bo‘lsin.

Mayna HASANOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: