JAVOHIRLAR SANDIG‘I (2014/43)

Inson notiqligi, saodat tildan,

Nazokat tildandir, nafosat tildan,

Hayot saboqlari ko‘rsatur shuni,

Do‘zax tildan erur va jannat tildan.

* * *

Ikki narsa ajratadi insonlarni hayvondin,

Insonligi bilinadi hunar ila zabondin,

Shunday ekan, kishilarning eng ulug‘i hunarmand,

Yoki so‘zga chechan kishi, fikri ravon, tili qand.

Ibn SINO

Go‘zallik yuzda emas, ey birodar,

So‘zi shirin kishi har kimga yoqar.

So‘zing oz bo‘lsin-u, ma’noli bo‘lsin,

Eshitganlar qulog‘i durga to‘lsin.

* * *

So‘zing bo‘lsa kumush, jim turmak oltin,

Misi chiqqay so‘zing ko‘p bo‘lsa bir kun.

Ko‘paygan so‘zning bo‘lg‘ay to‘g‘risi oz,

Shakarning ko‘pidan ozi bo‘lar soz.

Abdulla AVLONIY

Яна ўқинг:  МАҲАЛЛАДА 5 СЕКТОР

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: