Shashkachilarimiz Osiyoda tengsiz

Poytaxtimizda bolalar, o‘smirlar, yoshlar, kattalar va xotin-qizlar o‘rtasida Osiyo chempionatining 64 katakli shashka bo‘yicha bahslari yakunlandi.

O‘ndan ziyod davlatdan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etayotgan mazkur yo‘nalishda terma jamoamiz a’zolari 8 oltin, 4 kumush va 9 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Yigirma yoshgacha bo‘lgan shashkachilar bahsida ko‘p karra jahon chempioni Samandar Kalonov yetti partiyadan 5 g‘alaba va 2 durang natija qayd etib, 12 ochko bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Iste’dodli shashkachilarimizdan Akmal Abdurahimov, Shohjahon Hikmatullayev, Ozodbek O‘rmonaliyev ham o‘z yosh toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Muhammad Toshpo‘latov kumush medal sohibiga aylangan bo‘lsa, Saidqosim Aliyev, Husniddin Jiyanboyev, Alisher Ortiqov, Umid Boltaboyev, Shukrullo Ergashev va Bobur Donoboyev bronza medal bilan taqdirlandi.

Yigirma yoshgacha qizlar bahsida jahon chempionati sovrindori Shahzoda Tursunmurodovaga teng keladigani topilmadi. Iqtidorli sportchimiz yetti partiyaning barchasida g‘alaba qozonib, 14 ochko bilan Osiyo chempioni bo‘ldi.

Musobaqada Sayyora Yo‘ldosheva, Vasfiya Berdiqulova, Zebiniso Mamasoliyeva ham o‘z yosh toifasida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Madina G‘aybullayeva, Laylo Toshpo‘latova, Xumora Xoliqberdiyeva ikkinchi, Iroda Tursunqulova, Aziza Xudoyqulova va Sohiba Tuzaliyeva uchinchi o‘rinni egallashdi.

Chempionat doirasida 64 katakli shashka bo‘yicha o‘tkazilgan blits turnirda hamyurtlarimiz 4 oltin, 7 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, xitoylik Lyu Jinxin, Ruan Shiji, Lyu Pey, mo‘g‘ulistonlik Bayarmanlay Bayarmagnay, Suhbat Boldbaatar, qozog‘istonlik Marat Jekeev, Eldos Nabi, Ahmad Biyashimov, Oltinoy Jumageldiyeva, Saule Baxitkerey, Janat Xudoybergan, turkmanistonlik Qurbandurdi Jumayev singari shashkachilar ham Osiyo chempionatining g‘olib va sovrindorlari qatoridan joy oldi.

Bayram AYTMURODOV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Sport malikalari tanlovi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: