XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-18)

O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni matbuotda e’lon qilindi.

27 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Farmoni matbuotda e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasida «Obod turmush yili» Davlat dasturi mavzuiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Namangan tumanidagi «Toshbuloqteks» qo‘shma korxonasiga 657,9 ming AQSH dollarilik investitsiya yo‘naltirilib, keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari amalga oshirildi.

Urganch tumanidagi «Urganch non» xususiy korxonasida 300 million so‘mlik kredit evaziga Germaniyadan yangi texnologiya keltirilib, modernizatsiya tadbirlari amalga oshirildi.

Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etayotgan Toshkentning «Bunyodkor» klubi o‘z guruhida («G») birinchi o‘rinni egallab, nimchorak finalga yo‘l oldi.

Toshkent Fotosuratlar uyida «Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona» mavzusidagi eng yaxshi fotoasarlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Nukusdagi «Barkamol avlod» bolalar markazida Xalq ta’limi vazirligi va «Barkamol avlod» respublika bolalar o‘lkashunoslik va ekologiya markazi tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan an’anaviy «O‘zingdan aylanay, o‘lkam!» tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

Yana o‘qing:  Andijon davlat tibbiyot institutida Dog‘iston davlat tibbiyot universitetining ikki fakulteti ochiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: