Qo‘lingiz dard ko‘rmasin…

Insonni yashashga undaydigan eng katta kuch yaxshilik, ezgu amaldir.

Salomatliging yomonlashib, o‘zingni behol sezsang darrov shifokorga murojaat qilasan. Afsuski, sog‘likni faqat uni yo‘qotgandagina bilarkanmiz.

Yaqinda Toshkent tibbiyot akademiyasi shifoxonasida davolandim. O‘z kasbining haqiqiy fidoyilari bo‘lgan travmatolog Nurxon Islomov, shifokor Xayriddin Choriyev, hamshira Zulfiya Marovaning shirin so‘zi, to‘g‘ri maslahatlari tufayli tezda oyoqqa turib ketdim. Fursatdan foydalanib, ularga uzoq umr, tanisihatlik tilayman.

Qo‘lingiz dard ko‘rmasin, aziz shifokorlar!

Roziya USMONOVA,

Navoiy viloyati

Yana o‘qing:  Olxo‘rili pirog

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: