Olxo‘rili pirog
Zarur mahsulotlar: 700 gr. olxo‘ri, 180 gr. shakar, 300 gr. un, 200 gr. margarin, 4 dona tuxum, 250 ml. sut, 250 gr. qaymoq, tuz, vanilin, qabartirgich.
Tayyorlanishi: 125 gr. xona haroratida turgan margaringa un, 75 gr. shakar, 1 dona tuxum solib, yumshoq xamir qoriladi. Tindirilgan xamir maxsus pirog qolipga solinadi. So‘ngra xamir ustiga danagi olingan olxo‘rilarni terib, qizigan gaz pechida 170 daraja haroratda 15 daqiqa davomida pishirib olinadi.
So‘ng alohida idishga 3 osh qoshiq sut, 3 dona tuxum, 2 osh qoshiq un, shakar solib, yaxshilab aralashtiriladi. Bir vaqtning o‘zida gazdagi idishga sut, qaymoq, shakar va margarin solinadi. Margarin erigach, yuqoridagi tuxumli qorishmani solib, 5 daqiqa davomida aralashtirib turiladi. So‘ngra pirog xamiriga tayyor bo‘lgan kremni solib, gaz pechiga 5 daqiqaga qo‘yiladi. Pirog usti qizarib chiqishi bilan gazdan olib, shakar kukuni va olxo‘ri bilan bezatiladi.
Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM