Yoshlar terma jamoamiz Portugaliyani mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik rejasi doirasida Portugaliyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘in o‘tkazayotganidan xabaringiz bor. Vakillarimiz Portugaliya yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘zining birinchi o‘yinini o‘tkazdi. O‘yinda Ahmadjon Musayev shogirdlari yevropaliklarni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Birinchi bo‘limning 33-daqiqasida Abdulaziz Yusupov hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida Abbosbek Maxstaliyev hisobdagi ustunlikni mustahkamladi.

Ushbu jamoalar o‘rtasida yana bir o‘rtoqlik uchrashuvi 25 aprel, payshanba kuni o‘tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Yana o‘qing:  “Barselona”ning ertagi tugadi(mi)?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: