Olimlar miya saratoni va mobil telefonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni rad etdi

Avstraliyalik olimlarning bir guruhi mobil telefonlarning salbiy ta’siri va miya saratoni paydo bo‘lishi ehtimolining oshishi bo‘yicha olib borilgan 29 yillik tadqiqotlar natijalarini “Cancer Epidemiology” jurnalida e’lon qildi.

Ular gadjetdan foydalanish halokatli kasallikka olib kelmasligini ta’kidlash imkonini beradi. Mutaxassislar 1982–2012 yillarda ro‘yxatga kiritilgan 19 858 nafar erkak va 14 ming 222 nafar ayolning saraton bilan kasallanish holatlari haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, 1987–2012 yillarda mobil telefonlardan foydalanish haqidagi milliy ma’lumotlarni tahlil qilib chiqdi.

Boshlang‘ich bosqichda mobil telefonlar deyarli tarqalmagan edi, finalda esa gadjet tadqiqot ishtirokchilarining 90 foizida bo‘lgan.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, erkaklar orasida miya saratoni bilan kasallanishning o‘rtacha darajasi biroz ko‘paygan. Ayollar orasida esa miyaning onkologik kasalliklari tashxisi bilan bog‘liq holatlar soni barqaror o‘sib borgan. Ammo bu jarayon o‘tgan asrda, ya’ni mobil telefonlardan deyarli umuman foydalanilmagan 70-yillardan boshlab kuzatilgan.

Avvalroq olimlar mobil telefondan faol ravishda foydalanish miya saratoniga chalinish xavfini 150 foizga oshirishini taxmin qilgan edi.

Avstraliyaliklar orasida bunday faollikni namoyon qiladigan kishilar taxminan 19 foizni tashkil etadi. Bu ushbu guruhda saraton holatlari 2 mingdan ortiq bo‘lishini bildiradi. Biroq, statistik ma’lumotlarga ko‘ra ular bor-yo‘g‘i 1 ming 435 ta bo‘lib chiqdi.

Xulosa sifatida olimlar ta’kidlashicha, bugungi kunda juda ko‘pchilik avstraliyaliklar 20 yildan ortiq vaqt davomida mobil telefonlardan foydalanib kelmoqda. Hatto, shuni hisobga olganda ham miya saratoni rivojlanishi xavfi ularning har birida o‘rtacha har qanday kishidagidan ko‘ra yuqori emas. Ammo, har narsada me’yor yaxshi “Oltin o‘rtalik qoidasi” sizning sog‘lig‘ingizni asrashda asqotadi.

Gulnoza ZIYAEVA,

II Respublika tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Ovqatlanishdan so‘ng bularni qilmang!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: