Profilaktika kuni ogohlikka chorlamoqda
Hozirgi kunda fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilinishini ta’minlash, fuqarolik jamiyati qurish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bu ezgu ishni amalga oshirishda huquqni muhofaza qilish organlari zimmasiga ham muhim vazifalar yuklanadi.
Quvonarlisi, ayni paytda yurtimizdagi mahallalarda profilaktika ishlarining keng yo‘lga qo‘yilishi natijasida huquqiy targ‘ibot samaradorligiga, umumiy jinoyatlarning kamayishiga erishilmoqda.
Profilaktika tadbirlarida, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan tadbirlarda o‘quvchilarning davomatini o‘rganish barobarida, tarbiyasi og‘ir, jinoyatchilikka moyil o‘smirlar bilan alohida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Jinoyat sodir etgan yoshlarning qilmishlari keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinmoqda. Har bir ta’lim muassasa o‘qituvchilari, ota-onalar, o‘quvchilar ishtirok etgan tadbirda huquqbuzarlikning har qanday ko‘rinishiga nisbatan jazo muqarrarligi tushuntirilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash va profilaktika kuni tadbirlari o‘zining ijobiy samarasini berib, mahallalarda osoyishtalikni ta’minlanishiga, o‘smir yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga erishilmoqda.
N. MIRZOITOV,
IIV Akademiyasi tergov faoliyati mutaxassisligi 4-o‘quv kursi tinglovchisi