Eng mahoratli yoshlar saralandi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan “Eng yaxshi yosh ishchi kasb egasi” tanlovi mamlakat bosqichining “Sartaroshlik va dekorativ kosmetika ustasi”, “Milliy va badiiy liboslar modelyeri” hamda “Oshpaz” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi.

O‘zbekiston iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi U.Muhamedov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning har tomonlama barkamol ulg‘ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta o‘zlashtirishi, iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishi uchun yaratilgan sharoitlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

“Sartaroshlik va dekorativ kosmetika ustasi” nominatsiyasi bo‘yicha Chirchiq sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Otabek Mahkamov, “Milliy va badiiy liboslar modelyeri” nominatsiyasida Namangan shahridagi savdo va maishiy xizmat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Nargiza Mamajonova, “Oshpaz” nominatsiyasi bo‘yicha Navoiy konchilik kolleji o‘quvchisi Umida Zokirova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shahnoza Mamaturopova,

O‘zA

Yana o‘qing:  Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus O‘zbekistonga keladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: