Globallashuv jarayonining ma’naviyatga ta’siri

Hozirgi kunda globallashuv hamda bu jarayon xususida ko'plab ta'rif berilmoqda. Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy sohada sodir bo'lgan o'zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T. Levittning 1983-yildagi «Garvard biznes revyu» jurnalida e'lon qilingan maqolasida qo'llanilgan edi.

Aslida, globallashuv XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turli darajada va ko'rinishlarda mavjud bo'lgan va hozirgi davrimizga kelib bu jarayonning avj olishi ro'y bermoqda. Buning ayrim jihatlari mamlakatimiz uchun ijobiy bo'lsa, ayrimlari salbiy ta'sir etadi. Bu ayniqsa, ma'naviyatga yetarlicha zarar keltiradi.

Albatta, bu jarayonlardan ko'z yumib bo'lmaydi. Muammoning qay darajadaligidan qat'iy nazar uning oldini olish, bunga qarshi kurashish choralarini izlash bizning oldimizda turgan vazifadir.

Shu xususda Yurtboshimiz shunday fikr bildirgan: “Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma'lum ma'noda haqiqat, ratsional mag'iz bor. Chunki, ularning har biri o'zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko'pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg'otmoqda”

Darhaqiqat, globallashuv jarayoni hozirda hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelmoqda. Globallashuv jarayonidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo'lida foydalanish mumkin. Ezgulik yo'lidagi harakatlar davlatni va jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan bo'lsa, yovuzlikni maqsad qilgan taraqqiyot mahsuli esa buning tamomila aksidir.

Globallashuv jarayonida tahdidlar masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, u barcha sohalarda bo'lgani kabi ma'naviyatga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda.

Avvalo, globallashuv – bu ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayondir. Shuningdek, xalqlarning madaniyatiga kuchli ta'sir etuvchi hodisa sifatida o'rganiladi. U dunyoda iqtisodiy integratsiyaning ijobiy omili va milliy iqtisodiyotning natijali o'zgarishga ko'makchi sifatida qabul qilingan.

Ammo, dunyoda axborot alma­shi­nuvining o'sishi bilan u madaniyat, ilm-fan sohasiga ham kirib keldi. Natijada millat madaniyatiga ta'sir etuvchi ma'naviy tahdidlar insoniyat oldiga yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Chetdan kirib kelayotgan, mamlakatimiz fuqarolari, ayniqsa, yoshlar ongini individualizm, egotsentrizm g'oyalari bilan zaharlovchi ushbu ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi turishimiz zarur. Bebaho boyligimiz milliy ma'naviyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirgan holda ma'naviy tahdidlarni oldini olishga erishishimiz mumkin. Ma'naviyat haqida gap ketganda, shuni alohida ta'kidlash lozimki, u eng avvalo, millatni, milliy madaniyatni, milliy turmush tarzini muhofaza qiladi. Shunday ekan globallashuv jarayonida mamlakat milliy madaniyatiga rahna soluvchi ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarni oldini olishda insonlarni yuksak ma'naviyatli bo'lishi muhim omil hisoblanadi. Buning uchun jamiyatda ma'naviy-mafkuraviy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish zarur. Ya'ni, birinchidan, mamlakat kelajagi bo'lmish yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish; ikkinchidan, manaviy tahdidlarni aynan nimaga qaratilganligini har tomonlama anglab yetish; uchinchidan, atrofimizda yuz berayotgan voqea-hodisalarga befarq bo'lmasdan, dahldorlik hissini oshirish.

Yana o‘qing:  Bilim – kelajak poydevori

Bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan lekin zararini hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydigan ziyon yetkazishi mumkin. Jumladan, ma'naviy tahdidlarning bir ko'rinishi bo'lgan «ommaviy madaniyat» niqobidagi tazyiqlarning yoshlar ongiga ta'siri mamlakat taraqqiyoti uchun xavf soladi. Ayniqsa, voyaga yetmagan bolalarning turli internet klublarida o'tirishlari va pornografik saytlarga kirishlari, mobil telefonlardan noto'g'ri foydalanib, behayo film va suratlar olib yurishlari, bularning barchasi inson ma'naviy kamolotiga ulkan zarar keltiradi. Bugungi kunda jamiyatimizda kechayotgan bunday jarayonlarda e'tiborli bo'lish, yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlash lozim. Bunda:

– ularda, turli xildagi ma'naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish;

– yoshlarni ma'naviy merosimiz namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish;

– yosh bolalarga mobil telefonlar va kompyuter o'yinlarining inson sog'ligi, ma'naviyati, ongiga yetkazadigan salbiy ta'sirlari haqida tushuntirish ishlari olib borish lozim.

Shundagina biz yoshlarimizni, shu bilan birga xalqimizni har qanday yovuz kuchlar va ma'naviy tahdidlar to'fonidan omon saqlaymiz, ular qalbida yurtga sadoqat, vatanga muhabbat tuyg`ularini shakllantira olamiz.

Laziz RAHIMOV,

Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi 114-maktab o'qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: