Toshkentdagi har bir oilaviy poliklinikaga ikkita maxsus avtomobil beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda uning samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahri hokimligi profilaktika va patronaj ishlarini hamda biriktirilgan aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash uchun har bir oilaviy poliklinikani va tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarini ikkita maxsus avtomobil bilan ta’minlaydi;

har yili muassasaning rejadagi quvvatiga muvofiq har bir poliklinikaga biriktirilgan aholi sonini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent shahri hokimligi oilaviy va tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari rahbarlari va mutaxassislarining aholi oldida va xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyalaridagi hisobotlari yakunlari bo‘yicha birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami xizmatini takomillashtirish yuzasidan har chorakda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish hamda Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarining muvofiqlashtirilishini va ularning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha 7-ilovaga muvofiq maxsus komissiya tashkil etiladi.

Quyidagilar komissiyaning eng muhim vazifalari etib belgilandi:

Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning holatini puxta o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tezkor choralar ko‘rish, tibbiyot muassasalari rahbarlari va mutaxassislarining aholiga tibbiy xizmatlarning o‘z vaqtida ko‘rsatilishi, sifati va samaradorligi yuzasidan shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini kuchaytirish;

Toshkent shahri fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalariga tibbiy yordam ko‘rsatish, eng avvalo, yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan sovuqqonlik, fuqarolarning asoslangan talablariga yuzaki munosabatda bo‘lishning, tibbiyot xodimlari tomonidan o‘z kasbiy vazifalari vijdonan bajarilmasligi aniqlangan holatlari bo‘yicha tushgan yozma va og‘zaki murojaatlarni tizimli tahlil qilish hamda ular yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rish;

2017-2018 yillar yakunlari bo‘yicha to‘plangan ijobiy tajribani respublikamizning boshqa shaharlarida joriy etishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida aniq takliflar kiritish.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklandi.

Yana o‘qing:  Ham zavqli, ham bexavotir

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: