Barmoqlaringiz joylashuviga qarab fe’l-atvoringiz haqida bilib oling

Insonning ichki dunyosi uning tashqi ko‘rinishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Sergak inson o‘z suhbatdoshining fe’l-atvori haqida hattoki, barmoqlar uzunligiga qarab ham ko‘p narsalarni bilib olishi mumkin.

Xarakteringizdagi sirlarni ochishga yordam beruvchi yana bir tashqi belgi bilan tanishtiramiz. Shunchaki qo‘llaringizga nazar tashlang. Ko‘rsatkich barmog‘ingizni shakli sizga ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni so‘zlab berishi mumkin.

Quyida taqdim etilgan variantlardan ko‘proq o‘zingizning barmoqlaringizga o‘xshashini tanlang va xususiyatlaringiz haqida bilib oling!

Eslatib o‘tamiz: o‘ng qo‘ldagi barmoqlar uzunligi chap tomondagisi bilan bir-biridan farq qilishi mumkin. Bunday holatda siz ikki turdagi shaxs toifasiga ham mansub bo‘lasiz.

barmoqlar1 copy

Qiziq, inson tanasi o‘z sohibining tashqi olami haqida qanchalik muhim ma’lumotlarni bera olishga qodir.

Natija – A: ko‘rsatkich barmog‘i halqa barmog‘idan qisqaroq.

Ular juda muloyim, yorqin va jozibador insonlar. Ular odatda, kompaniyaning yuragi hisoblanishadi. Bu turdagi insonlar bilan til topishish juda oson. Ulardek atoqli shaxslar bilan suhbatlasha turib, chinakamiga zavq olasiz. Bu turdagi kishilar toifasiga juda ham qat’iyatli, avantyurist, sarguzashtni hush ko‘ruvchi hamda har qanday havfga ham qarshi chiqa oladigan insonlar kiradi. Odatda, ular jamiyatning manfaatli o‘rinlarini egallashadi va yaxshigina maosh olishadi. Turmushga chiqmagan qizlar uchun kichik maslahat: agarda siz halqa barmoqlari uzun bo‘lgan yigitni uchratib qolsangiz, u holda “temirni darhol qizig‘ida bosing”.

Natija – B: ko‘rsatkich barmog‘i halqa barmog‘idan uzunroq.

Bu toifadagilar odatda, qaysar, o‘ziga ishongan va yetarlicha dimog‘dor kishilardir. Shunday bo‘lsada, ularning takabburligi va shuhratparastligini tez-tez oqlab turish mumkin. Bu mustaqil odamlar yolg‘izlikdan zavq olishga qodir bo‘lib, ularni arzimagan ish uchun bezovta qilganlarni yoqtirishmaydi. Qachon dengizdan havo kelar ekan, deb kutib o‘tirmay, ilk qadamni o‘zingiz tashlang. Chunki bu insonlar biznes yoki sevimli kishisi bilan bo‘lgan munosabatlarda birinchi bo‘lib qaror qabul qilishi dargumon.

Natija – S: ko‘rsatkich va halqa barmoqlar bir hil.

Ko‘rsatkich va halqa barmoqlari bir hil uzunlikda bo‘lgan insonlar – chinakamiga mehribon kishilar. Siz ularda hech qanday ikkiyuzlamachilik yoki ayyorlikni topa olmaysiz. Bu ularning qalbi ham mehr va yaxshilikka to‘la ekanligidan dalolat beradi. Ular ziddiyatli vaziyatlarni yoqtirishmaydi, shu sababli doim kelishuv tarafdori bo‘lishadi. Albatta, oqilona qarorlar qilgan holda. Ular o‘z so‘zlari va ishlariga doimo ishonib, sobit turishadi.

Yana o‘qing:  Kariyes – tish kushandasi

Manba: sof.uz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: