Sevimli mahsulotlarning foydali xususiyatlari

Biz doimiy ravishda sevib tanovul qiladigan mahsulotlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan boxabarmisiz?

Unda tanishing.

Rayhon. Xolesterin miqdorini normallashtiradi. Saraton xavfini kamaytiradi, yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, ruhiy zo‘riqishni bartaraf etadi.

Sut va sut mahsulotlari. Kalsiy manbai sanaladi. Kun davomida ichilgan bir stakan sut suyaklar salomatligi uchun foydali sanaladi.

Ko‘k choy tarkibida antioksidantlar mo‘l bo‘lib, miya faoliyatiga samarali ta’sir o‘tkazadi.

Olma tarkibida fitonutriyent va antioksidantlar yuqori bo‘lib ular saraton xavfini bartaraf etadi. Qon bosimi ortishi, diabet va yurak xastaliklariga qarshi vosita sanaladi.

Qulupnay peshob kislotasi faoliyatini yaxshilaydi va buyrak faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi..

Tarvuz yurak faoliyatini yaxshilaydi, undagi kaliy va magniy qon bosimini normallashtiradi.

Uzum yurak xurujiga qarshi vosita bo‘lib, qon bosimini normallashtiradi va xolesterin miqdorini bir me’yorda ushlaydi.

Pishloq migren xastaligida foyda, uyqusizlikka qarshi yaxshi samara ko‘rsatadi.

Seldrey arterial qon bosimini normallashtiradi, saraton xavfini bartaraf etadi va tish hamda milklarni mustahkamlaydi.

Banan tarkibi kaliyga boyligi sabab qon bosimini normallashtiradi, insult xavfini bartaraf etadi, shu bilan birgalikda insonga energiya beradi.

Gilos tarkibida ham antioksidantlar mo‘l. Mazkur meva asab faoliyatini tinchlantiradi va qarishni oldini oladi.

Kunning birinchi yarmida ko‘proq suv ichishni o‘zingizga odat qiling, kechki payt esa aksincha. U shishlarni bartaraf etadi va ovqat hazm qilishga samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Xurshida Husenova

Yana o‘qing:  Burjingizga qarab qaysi kasallikka moyilligingiz borligini bilib oling

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: