Yuragingiz salomatligi qay darajada?
Yuragingiz salomatligi qay darajada ekanligini bilishni istasangiz ushbu usulni sinab ko‘ring:
- Tinch o‘tirgan holatda 1 daqiqa davomida yuragingiz pulsini tekshiring. Uni qog‘ozga qayd etib qo‘ying (masalan 72).
- 45 soniya davomida o‘tirib turing. So‘ngra 1 daqiqa davomidagi puls ko‘rsatkichingizni tekshirib, qog‘ozga qayd qiling (masalan 118).
- Bir daqiqa dam olib yana pulsingiz holatini qog‘ozga yozing (masalan 100).
- Endi ularni bir-biriga qo‘shib chiqing. 72+118+100 va hosil bo‘lgan sondan 200 ni ayiring va natijani 10ga bo‘ling.
Natijalar bilan tanishing:
1-5 – a’lo,
6-10 – yaxshi,
11-15 – o‘rta yurak yetishmovchiligi,
15 dan yuqori bo‘lsa, shifokorga murojaat eting!
Xurshida Husenova