Toshkentda 2018 yil kuziga qadar muz kompleksi quriladi
Toshkentda “Humo Arena” nomli ko‘p tarmoqli muz kompleksi 2018 yilning uchinchi choragida foydalanishga topshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Toshkent shahrida ko‘p tarmoqli muz kompleksini qurishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.
Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida 14 ming o‘ringa ega muz kompleksi qurilishi fevral oyida boshlangan edi. Bu yerda qishki sport turlari (xokkey, short-trek, figurali uchish va kyorling) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, konsert, ko‘rgazma va forumlar tashkil etish rejalashtirilgan.