Go‘shtli pirog
Zarur mahsulotlar: 400 gr. qiyma, 4 dona kartoshka, 2 dona piyoz, 500 gr. xamir, tuz, murch va ziravorlar.
Tayyorlanishi: Pirog qiymasini tayyorlash uchun kartoshkalarni po‘stidan artib, qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Idishga qiyma, kartoshka, mayda qilib to‘g‘ralgan piyoz, tuz va ziravorlar solib aralashtiriladi.
So‘ng xamir “xonim”ga yoyilgandek yupqa qilib yoyiladi va ustiga o‘simlik yog‘i surtiladi. Keyin qiymani xamir ustiga bir tekisda solib, rulet shaklida o‘raladi. Maxsus idishga ruletni solib, qizigan gaz pechida 180 daraja issiqlikda pishiriladi.
Go‘shtli pirogni dasturxonga tortishdan avval ko‘katlar bilan bezatishingiz mumkin.
BEGOYIM