Qo‘lda harakatlanuvchi aqlli soat

Biz aqlli soat deganda kengaytirilgan funksiyalarga ega (salkam smartfonlarga tenglashadigan) qo‘l soatlarini tushunamiz.

Ularning ilk modellari vaqtni ko‘rsatishdan tashqari oddiyroq vazifalarni bajara olardi.

Endigi zamonaviy aqlli soatlar esa amalda portatip kompyuterdan qolishmaydi: mobil operatsion tizim asosida ishlaydi va chet ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ular yordamida telefon qo‘ng‘iroqlarini qabul qilish, xabarga yoki elektron maktubga javob berish mumkin.

Tinib-tinchimas xalqaro muhandislar yangi turdagi aqlli soat prototipini yaratdi. Ushbu soat foydalanishda qulay bo‘lishi uchun, qo‘l bo‘ylab harakatlana oladi. Qanday deysizmi? “Cito” deb ataluvchi aqlli soat, korpusiga o‘rnatilgan elektromotorlar yordamida o‘z ekranini harakatlantira oladi. Ya’ni, ekran soatning tasmasidan chekkaga suriladi, biror burchagini ko‘tara oladi, o‘z o‘qi atrofida aylanishi va tasma bo‘ylab bilak atrofida siljishi mumkin. U ekranini 45 daraja burchak ostida burib, o‘tkazib yuborilgan bildirishnoma haqida xabar berishi mumkin. Qo‘ng‘iroq bo‘lganda esa ekrani surilib, yeng ostidan tashqariga chiqadi. Shuningdek, u elektromotorni boshqa vazifalar, ya’ni navigator rejimida ham qo‘llashi mumkin.

G. EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  Voleybol

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: