Olimpiya o‘yinlari ramzini maktab o‘quvchilari tanlaydi
2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari ramzlarini Yaponiyadagi maktab o‘quvchilari tanlaydi.
Mamlakatdagi barcha maktab o‘quvchilariga o‘yin uchun atab yaratilgan bir qancha ramzlarning dizaynlari taqdim etiladi. Har bir sinf o‘ziga yoqqan variantni tanlaydi va shu orqali yakuniy natijalar e’lon qilinadi.
So‘rovnoma jarayoni 2017 yilning dekabridan 2018 yilning yanvarigacha bo‘lib o‘tadi. Tanlangan ramzlar bo‘yicha yakuniy natijalar kelasi yil avgust oyida e’lon qilinadi.
T. ORTIQOVA