Tibbiy madaniyat – uzoq umr garovi

Bugun mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularni har jihatdan bilimli yigit-qizlar etib voyaga yetkazish eng oliy maqsadimizdir.

oshkent Moliya institutining “Moliyaviy menejment” hamda “Sug‘urta” fakulteti talabalari uchun “Yosh oilada o‘zaro munosabatlar madaniyati”, “Ma’naviyat – oiladan boshlanadi” hamda “Yaqin qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohning oldini olish va huquqiy javobgarlik” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi Tibbiy-ijtimoiy markaz shifokori Nasiba Gapparova, hamshira Shohista Mahamadjonova, Yunusobod tuman “Oila” markazi rahbari Adiba Kamolovalar «Reproduktiv salomatlik”, “Erta nikohlarning salbiy oqibatlari”, “OIV/OITS – bu nima?” mavzulari yuzasidan talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

Ayniqsa, zamonaviy multimedia texnologiyalari yordamida mavzuga oid slaydlar va film namoyishi talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Umida AGLAYEVA,

Toshkent moliya instituti

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: