Oromgohlar mavsumga shaymi?

Aksariyat ota-onalar yozgi ta’til boshlanishi bilan farzandlarini yaxshi sharoitga ega bo‘lgan yozgi dam olish maskanlariga joylashtirish harakatiga tushadi. Boisi, ta’tilda miriqib dam olgan bolajonlar yangi o‘quv yilini yuqori kayfiyatda, o‘zgacha ishtiyoq va yangi orzu-maqsadlar bilan boshlaydi.

Xo‘sh, bu yil yoz faslida bolajonlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun orgomgohlar mavsumga shaymi? O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Axborot xizmati xodimi Shavkat XO‘JAQULOVGA mavzuga doir bir necha savollar bilan yuzlandik:

Shavkat aka, yurtimizda o‘quvchilarning yozgi ta’tilini maroqli o‘tkazish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida har yili reja ishlab chiqiladi. Ushbu rejaga muvofiq, joriy yil statsionar oromgohlarning faoliyati bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirildi?

2017 yil “Oromgohlarda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, ularni malakali pedagog va yetakchilar bilan ta’minlash” ishchi guruhi tomonidan tegishli vazifalar tasdiqlangan. Belgilangan reja asosida joriy yil yurtimizda 214 ta statsionar oromgoh faoliyat ko‘rsatishi belgilangan bo‘lib, ularda 154 ming 56 nafar bola dam oldirilishi ko‘zda tutilgan. Ularda 3 ming 459 nafar pedagog va xodimlar faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, bolalar dam olish maskanlarida ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishning uslubiy ta’minoti borasida ham yangiliklar mavjud. Unga ko‘ra ushbu mavsum oromgoh rahbarlari, pedagog-xodimlar hamda to‘garak rahbarlari uchun har bir yo‘nalish bo‘yicha 5 nomdagi uslubiy qo‘llanmalar 2 200 nusxada chop etildi.

Kunduzgi oromgohlar haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz.

Joriy yil 936 ta kunduzgi oromgoh tashkil etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularda 140 ming 295 nafar bola dam oldirilishi rejalashtirilgan. Bu kabi oromgohlarda 35 ming 530 nafar pedagog va xodim faoliyat ko‘rsatadi.

Ularning kundalik faoliyati hududiy sharoitlardan kelib chiqib soat 08: 30dan 14: 00gacha yoki soat 08: 30dan 17: 00gacha tashkil etilishi mumkin.

Shuningdek, ota-onalar farzandlarini kunduzgi oromgohda dam oldirishlari uchun mavsum boshlanishidan 15 kun oldin bolalarni qabul qilish va kuzatish komissiyasiga hujjatlarini taqdim etishlari lozim bo‘ladi.

Ushbu komissiyaga qanday hujjatlar topshiriladi?

Demak, ular quyidagilar:

ota-onalar tomonidan oromgoh rahbari nomiga yozilgan ariza;

ota-onalardan birining fuqarolik pasporti nusxasi;

bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki pasporti nusxasi;

davolash-profilaktika muassasasi tomonidan bolaning sog‘lig‘i haqida berilgan tibbiy ma’lumotnoma (079/x-shakl);

to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya, to‘lov topshiriqnomasi) nusxasi.

“O‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish Konsepsiyasi” haqida qisqacha tushuncha bersangiz.

Yana o‘qing:  “Tashabbus – 2017” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi

“O‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish” Konsepsiyasida umumta’lim muassasalari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida bepul ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu kabi tadbirlar joriy yilning 15 iyunidan 15 avgustiga qadar haftaning dushanba-juma kunlari ikki navbatda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Musobaqalar 1-6-sinf o‘quvchilari uchun kunduzgi soat – 08: 00dan 12: 00gacha, 7-9-sinf o‘quvchilari uchun soat – 17: 00dan 20: 00gacha tashkil etiladi. Shuningdek, viloyat markazlari va markazga yaqin tuman (shahar)dagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari seshanba va juma kunlari belgilangan jadval asosida muzeylarga borishlari mumkin. Qolaversa, ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yosh xususiyatlari inobatga olingan holda davra suhbatlari, o‘yinlar, viktorinalar, kitobxonlik bahslari, ingliz tili saboqlari, musiqa kabi to‘garaklar tashkil etiladi.

Bu davrda ta’lim muassasalaridagi to‘garaklar, sport maydonlari, kutubxona va ma’naviyat xonalarining uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ta’minlanadi. Natijada yozgi ta’til davrida 3 mln. nafardan ortiq o‘quvchilarni madaniy tadbirlar va sport musobaqalariga qamrab olish imkoniyati yaratiladi.

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: