Nima uchun past tezlikdagi internet sog‘liq uchun xavfli?
Past tezlikda ishlaydigan internet barchani asabiga tegadi. Ayniqsa, video tomosha qilayotganda. Ericsson kompaniyasining muxandislari ham bu kabi holatlardan mustasno emas va shu sababli sekin ishlaydigan internetning foydalanuvchilarga ta’sirini o‘rganishga qaror qilishdi. Tadqiqotchilarni birinchi o‘rinda salohiyatli xaridorlarning xulqi va o‘zini tutishi qay darajada o‘zgarishi qiziqtirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, past tezlikdagi mobil internet orqali videoni yuklashga urinishda hosil bo‘luvchi stress qo‘rqinchli filmlar ko‘rayotgan vaqtdagi stress holatiga teng ekan.
Shvedlar tomonidan o‘tkazilgan mazkur tajriba “Video oqimlar tezligidagi kechikish” (Stress of Streaming Delays) deb nom oldi. Bunda tadqiqotchilar insonlarning smartfondagi videolarni ko‘rayotgan chog‘idagi emotsional holatini ensefalogramma va kardiogrammaga tushirishdi. Sayt va videolarni yuklab olishdagi kechikish payti natijasida yurak urishining tezligi 38 foizga ortdi. Buferizatsiyani chaqirgan qayta kechikish stress darajasini ikki barobarga oshirdi. Shunday qilib, inson asab tizimi va yurakka salbiy ta’sir etuvchi kuchli hissiy zo‘riqishni boshdan kechiradi. Bu holat xuddi holdan toydiruvchi yugurishga teng, biroq ikkinchisida inson unga tayyor turadi. Sekin internet esa barchani joniga tegadi. Albatta, bu qisqa to‘xtab qolishlarga tegishli.
Tadqiqotchilar odamlarni kuzata turib, kimni ko‘rayotgan videosi olti sekundga qotib qolgan bo‘lsa, stress darajasi ko‘tarilib, pastga tushishini aniqlashdi. Natijada, ishtirokchilar endi joriy lavhani tomosha qilishni istamay, boshqa bir videoni ko‘rishga chalg‘ib ketishlari ma’lum bo‘ldi.
Umuman olganda, past tezlikdagi internet deb azob chekishni va o‘z ruhiyatingizni jarahatlashni keragi yo‘q.
Manba: sof.uz