Elda e’zozli, oilada suyukli
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibi Pastdarg‘om tuman Tibbiyot birlashmasi “Ona va bola” reproduktiv salomatlik markazi pediatri Shahribonu Salimova “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining tuman tayanch maskani fidoyilaridan. Qirq yildan buyon shifokorlik kasbini ulug‘lab kelayotgan Shahribonu opa jamg‘armaning tuman tayanch maskani tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda faollik ko‘rsatadi.
holini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularning tibbiy savodxonligini oshirish, salomatligini muhofaza qilishda bilim va tajribasiga tayanib ish yuritadi. Doimo yoshlarga amaliy ko‘mak berib keladi.
Mahalla fuqarolari yig‘inlarida, qishloq vrachlik punktlarida, o‘quv muassalarida xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilayotgan seminarlarda “Sog‘lom turmush tarzi tamoyillari”, “Oilani rivojlantirishda kontratsepsiya vositalaridan samarali foydalanish”, “Yaqin qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohning zarari”, “Tug‘ruqlar oralig‘i va uning ahamiyati”, “Sog‘lom oilani rivojlantirish”, “Bola uchun ona sutining mohiyati” kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar o‘qib, suhbatlar o‘tkazadi. Tushuntirish va tashviqot ishlarini olib boradi.
Ayni paytda u mehnat qilayotgan “Ona va bola” reproduktiv salomatlik markazida kuniga 90 nafardan ortiq bemorlar qabul qilinib ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilyapti. U kishining harakatlari tufayli davo muolajalarining vaqtida bajarilishiga erishilib, zamonaviy davo va fizioterapevtik uslublardan samarali foydalanish natijasida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 94 foizi ambulator sharoiti sog‘lomlashtirildi.
Shahribonu opa oqila uy bekasi, 4 nafar farzandning onasi, 9 nafar nabiraning suyukli buvisi. Turmush o‘rtog‘i marhum Kenjaboy Pardayev ham Samarqand viloyatidagi taniqli jarrohlardan biri edi. Ular birgalikda farzandlarini ham o‘zlaridek el yurt koriga yaraydigan kishilar qilib tarbiyalashdi.
I. XUDOYQULOV,
Samarqand viloyati