“Huquq bilimdonlari” aniqlandi

Joriy yilning 18-19 may kunlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Huquq bilimdonlari-2017” respublika tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan xamkorlikda tashkil etildi. Tanlov 3 bosqichda o‘tkazilib, birinchi va ikkinchi bosqichlarda umumta’lim maktablarining 47 865 nafar o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tanlovning so‘nggi bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 70 nafar o‘quvchilardan iborat 14 jamoa ishtirok etdi.

Test va savol-javob orqali joylardan kelgan jamoalar o‘zlarining bilimlarini namoyish etgan bo‘lsa, sahna ko‘rinishlari orqali yoshlar orasida huquqbuzarlikning oldini olish va turli illatlarga qarshi kurashish masalalariga alohida urg‘u berdilar.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra Toshkent shahrining “Yosh huquqshunos” jamoasi birinchi, Samarqand viloyatining «Femida» jamoasi ikkinchi, Toshkent viloyatining «Istiqlol» jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Ishtirokchilar “Eng faol jamoa”, “Eng izlanuvchan jamoa”, “Eng tashabbuskor jamoa”, “Eng zukko jamoa” kabi o‘ndan ziyod nominatsiyalar bo‘yicha ham taqdirlandi. G‘olib jamoalarga vazirlikning diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

 

Xalq ta’limi vazirligi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  Dunyo polvonlari Termizda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: