582 ming nafar o‘quvchilar ishtirokidagi shaxmat chempionati boshlandi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat turidan respublika chempionati o‘tkazilmoqda.

Xalq ta’limi vazirilgi, Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur chempionatda 7-15 yoshdagi o‘quvchilar ishtirok etmoqda. Chempionat to‘rt bosqichda: maktab, tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichida tashkil etilmoqda.

Musobaqalarning hududiy bosqichlarida jami 582 ming nafar o‘quvchilar ishtirok etdi. Ulardan 160 nafari respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Qolaversa, 46 nafar jahon,  osiyo va O‘zbekiston chempionati, kuboklarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar respublika bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etmoqdalar.

Chempionat shu yilning 21-27 may kunlari o‘tkazilib, unda o‘quvchilar shaxmatning uchta yo‘nalishi: blits, standart va rapid yo‘nalishlarida o‘zaro bellashadilar.

2017 yil 21 may kuni Shaxmat bo‘yicha ixtisoslashtirilgan  Respublika bolalar va o‘smirlar sport maktabida chempionatning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq ta’limi vaziri, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov so‘zga chiqib, yurtimizda yosh iqtidor egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish yo‘lida Prezidentimiz boshchiligida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani, bugunga kelib bu sa’y-haraktalar o‘z mevasini berib, o‘zbek yoshlari nufuzli  xalqaro turnirlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotganini sharaf bilan e’tirof etdi.

Chemiponat shu yilning 27 mayiga qadar davom etadi. Musobaqa ishtirokchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlari tarbiyalanuvchilari tomonidan konsert dasturlari taqdim etiladi, Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari va muzeylarga ekskursiyalar uyushtiriladi.

Chempionat nizomiga ko‘ra standart yo‘nalishida o‘z yosh toifasida birinchi o‘rinni egallagan o‘quvchilar osiyo chemionatida asosiy tarkib ishtirokchisi sifatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar.

 

Xalq ta’limi vazirligi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  Tinchlik – bolalar nigohida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: