Sousli teftel
Zarur mahsulotlar: 500 gr. qiyma, 1 dona piyoz, 1 dona tuxum, 2 bo‘lak baton noni, 3 osh qoshiq un, 250 ml. sut, tuz, murch, o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanishi: alohida idishda nonlarni yumshatib, blender ichiga solinadi. Uning ustidan dumaloq shaklda to‘g‘ralgan piyoz va tuxumni solib, bo‘tqa holiga kelgunga qadar yaxshilab aralashtiriladi. So‘ng masalliqni qiyma ustiga solib, ta’bga ko‘ra tuz va murch sepib, aralashtiriladi. Tayyor aralashmadan un yordamida kichik koptokchalar yasaladi va o‘simlik yog‘ida tilla rangga kirgunga qadar qovuriladi.
Qovurilgan koptokchalar ustiga sut va bir osh qoshiq un solib, past olovda 10 daqiqaga dimlab qo‘yiladi. Dasturxonga tortishdan avval koptokchalarni guruch yoki makaron bilan bezashingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM