Bolangiz nega tushkun kayfiyatda?

yoxud oila xotirjamlik oshyoni bo‘lsin

Quyida har bir yosh uchun xos bo‘lgan mezonlarni ko‘rib chiqamiz:

Erta yosh – 0 dan 3 yoshgacha.

Ko‘pincha depressiya ruhiyat buzilishlari zamirida rivojlanadi. Biroq, erta yoshdagi bolalarda bunday holatlar jiddiy sabablar tufayli yuzaga keladi:

– Homila ichi rivojlanish patologiyalari (homila gipoksiyasi(kislorod yetishmovchiligi), homila ichi infeksiyasi);

– patologik tug‘ruq asoratlari yoki tug‘ma ruhiy buzilishlar (tug‘ruq asfiksiyasi (kindikning homila bo‘yniga o‘ralib qolishi natijasida uning bo‘g‘ilib qolishi), chaqaloqlar ensefalopatiyasi va boshqalar);

– erta yoshda o‘tkazilgan og‘ir kasalliklar;

– irsiy omillar, oilada kimdadir ruhiy yoki nevrologik buzilishlar bo‘lgan holatlar;

– ona bilan hissiy ruhiy bog‘liqlikning buzilishi(chaqaloqni “Go‘daklar uyi”ga topshirish yoki boshqa sabablar) natijasida bolada himoyalanganlik va xavfsizlik sezgisining yo‘qolishi;

– bola yashayotgan og‘ir oilaviy sharoit (ota-onaning doimiy janjali, alkogolizm, oiladagi agressiya(tajovuzkorlik) va zo‘ravonlik).

Dastlabki to‘rtta sababni biologik holat sifatida baholash mumkin. Bu sabablardan istalgan turida miya faoliyatining buzilishi yuzaga kelishi, natijada bolalarda erta yoshda depressiya rivojlanishi mumkin. Oxirgi ikki omil ijtimoiy – ruhiy turdagi sabab bo‘lib, bolaning ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. (Masalan, baland ovozdan qo‘rqish bolalarda tug‘ma bo‘lib, oilada janjal yuzaga kelganda mittivoy uchun shovqin kuchli ruhiy zo‘riqish omili bo‘lib xizmat qiladi).

 

Kichik yoshdagi bolalarda tushkunlik quyidagi belgilar bilan kuzatiladi: – Ishtahaning pasayishi, tez tez qusish, tana vazni ortib borishining sekinlashuvi, harakatlarning kamayishi, umumiy va ruhiy hissiy rivojlanishdan orqada qolish, yig‘loqilik, injiqlik va hakozo shu kabi belgilar.

 

Bunday belgilar kuzatilganda bolani pediatr va bolalar nevropatologi ko‘rigiga olib borish va kerakli davo choralarini ko‘rish lozim.

Tuzalish davrida bolaning o‘zi faol ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi yoki o‘smirni davolashda pedagog hamda ota-onalarning vazifalari shundan iboratki, ular o‘quvchining qobiliyat va qiziqishlarining ro‘yobga chiqishiga sharoit yaratishlari lozim. Shu bilan birga bu vaqtda bolani qo‘llab-quvvatlash, uning muammolari bilan qiziqish kerak. Shuningdek, ularni ijobiy ruh bag‘ishlovchi mashg‘ulotlarga chalg‘itish kabi tadbirlarni amalga oshirish bemorning tezroq tuzalishiga zamin yaratadi.

 

Yoqutxon MAJIDOVA, ToshPTI Nevrologiya,

Yana o‘qing:  Ko‘z ostida halqa paydo bo‘lsa...

bolalar nevrologiyasi va tibbiy genetika kafedrasi mudiri, professor,

Saodat BOZOROVA, magistrant

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: