O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonga keldi

Turkmanboshi, 19 may. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘ROZOV xabar qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 19 may kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi.

Turkmanboshi xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga O‘zbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Turkmanboshi shahrida o‘tadigan uchrashuv va muzokaralar Prezidentimizning joriy yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi doirasida o‘tgan oliy darajadagi muloqotning mantiqiy davomi bo‘lib, ularda mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Ikki davlat Prezidentlarining muzokaralari yakunida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boshqa qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida o‘zaro manfaatli tijorat shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev «Avaza» milliy sayyohlik zonasining «Kamalak» bolalar ko‘ngilochar bog‘ida o‘zbekistonlik bolalar bilan uchrashdi.

Joriy yilning may oyi boshida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqotida Turkmaniston Prezidenti Kaspiy sohilidagi bolalar sog‘lomlashtirish markazlari o‘zbekistonlik bolalarni qabul qilishga tayyorligini bildirgan edi.

Ushbu taklifga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlaridan 100 nafar bola “Dayanch” bolalar sog‘lomlashtirish markaziga yuborildi. Shavkat Mirziyoev bolalar bilan dam olish taassurotlari, turkmanistonlik tengdoshlari bilan do‘stlik munosabatlari to‘g‘risida suhbatlashdi, sog‘lomlashtirish markazida yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi. Bolalarga sovg‘alar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkmanistonga amaliy tashrifi davom etmoqda.

 

O‘zA

Yana o‘qing:  7 kun davomida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: