“Salomatlik” poyezdi yana safarda
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga “Salomatlik” poyezdi jo‘natildi.
Safar davomida malakali shifokorlar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining bir qator tumanlaridagi “Muruvvat”, “Mehribonlik”, “Saxovat” uylari, shifoxonalar, tug‘ruq majmualari, maxsus maktab-internatlarida tibbiy ko‘riklar tashkil etiladi.
Shuningdek, aholiga va davolash profilaktika muassasalariga oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va tibbiyot anjomlari, sanitariya-gigiyena vositalaridan iborat muruvvat yordami yetkazib beriladi.