Kasb mahorati: tajriba va amaliyot
Poytaxtimizdagi 293-umumta’lim maktabida Bektemir tuman XTMFMTTE bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida “Ta’lim jarayonida kasb mahoratini oshirishda rivojlantiruvchi pedagogik texnologiyalarda interfaol metodlaridan foydalanish usullari” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda so‘z olganlar mehnat ta’limi, tasviriy san’at, chizmachilik o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati, o‘quvchilarning qiziqish, mayl va qobiliyatlarini shakllantirishda mehnat ta’limi o‘qituvchilarining vazifalari hamda o‘zbek zamonaviy musiqasi darslarida o‘quvchilarning ijodiy faolliklarini oshirish yo‘llari bo‘yicha ma’ruzalar qilishdi. Shuningdek, tadbirda o‘quvchilarning ijodiy ishlari ham namoyish etildi.