O‘zbekistonlik bolalar Kaspiy dengizi qirg‘oqlarida dam olmoqda
O‘zbekistonlik bir guruh bolalar Turkmanistonning “Avaza” Milliy sayyohlik hududida dam olmoqda.
Buxoro, Navoiy, Xorazm va Qoraqalpog‘istondan kelgan bolalar “Dayanch” bolalar sog‘lomlashtirish markaziga joylashtirildi. “Avaza” mehmonlarini hordiq davomida kurort bo‘ylab ekskursiya, madaniy va sport tadbirlari, yengil atletika va suzish bo‘yicha musobaqalar, tanlovlar, adabiyot kechalari va safarlar kutmoqda.
O‘zbekistonlik o‘quvchilar “Avaza”da 25 mayga qadar qoladi.