Beparvolik ortidagi xatar: “muzqaymoq voqeasi”ning asl tafsilotlari qanday?

Internet nashrlari  15 may kuni ertalab Andijon viloyatining Shahrixon tumanida 120dan ortiq kishi bir xil simptom – tinimsiz ich ketish va qayt qilishdan shikoyat qilib kasalxonaga murojaat qilgani haqida xabar tarqatdi. Bu xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini bilish maqsadida Shahrixon tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokor o‘rinbosari Farhod Mamoshoyev bilan telefon orqali bog‘landik.

– Insonlarning muzqaymoqdan zaharlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘ri. Lekin internet orqali 120 nafar insonni shifoxonaga yotqizilgani haqida tarqalgan xabarlar butunlay asossiz.  Aslida esa, umumiy 25 nafar kishi muzqaymoqdan zaharlangan va ularning 15 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Bugun (17 may nazarda tutilmoqda) qolgan 15 nafar bemorning ahvoli yaxshilanganligi sababli uyiga kuzatilmoqda. Reanimatsiyaga joylashtirilganlar umuman yo‘q. Shuningdek, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar borligi haqidagi xabarlar ham yolg‘on, – deydi F.Mamoshoyev.

Ko‘rinib turibdiki, mas’ul xodim bergan ma’lumotlar bilan internet orqali tarqalgan xabarlar orasida tafovut mavjud. Biz bu haqida Farhod Mamoshoyevdan so‘raganimizda u indamaygina telefonini o‘chirib qo‘ydi. Qayta qilgan qo‘ng‘iroqlarimiz esa javobsiz qoldi.

Bizning maqsadimiz bu noxush holatni ovoza qilish orqali kimnidir vahimaga solish emas, ayni saraton mavsumi oldidan joylarda bunday ko‘ngilsizliklarning takrorlanmasligi uchun o‘z salomatligimizga mas’ullikni oshirish, aholini ogohlikka chorlashdan iboratdir.

 

Xurshida XUSENOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Sportchilarimiz 34 medal bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: