Tuxumning 13 foydali jihati
- Tuxum tanaga quvvat beradi. Bir dona tuxum 6 gramm yuqori sifatli oqsil va 70 kaloriyaga ega.
- Ushbu mahsulot jigar faoliyatiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Uning tarkibida xolin makroelementi mavjud.
- Tuxum tarkibidagi xolesterin moddasi qondagi mavjud xolesteringa ta’sir etmaydi. Doimiy ravishda tuxum iste’mol qilish jigarni kam miqdorda xolesterin ishlab chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
- Mazkur mahsulotni iste’mol qilish natijasida organizm uchun foydali bo‘lgan xolesterin miqdori oshadi. Lipoproyeinlar yurak kasalliklari va insult xavfini kamaytiradi
- Ko‘z o‘tkirligi uchun tuxum foydali. Uning tarkibi lyutein va zeaksantin antioksidantlariga boy bo‘lib, katarakta xavfini bartaraf etadi
- Ishtahani ko‘taradi. Bu nonushta uchun eng maqbul taom. U insonni to‘q saqlaydi.
- Tuxum oqsil manbai sanaladi. Organizm uchun kerakli bo‘lgan moddalar bilan ta’minlay oladi.
- U suyaklar uchun ham juda foydali. Uning tarkibidagi vitamin D osteoparoz xavfidan bartaraf etadi.
- Ushbu mahsulot saraton xavfini bartaraf etadi. Xolin moddasi ayollarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘krak saratonini yuzaga kelishini oldini oladi.
- Mushaklar faoliyatini mustahkamlaydi. Oqsil mushaklar faoliyatiga yaxshi samara ko‘rsatadi.
- Xomiladorlar uchun ham juda foydali. 2 dona tuxum tarkibidagi 250 mg xolin, kundalik norma uchun yetarli sanaladi.
- Tuxum soch va teri salomatligi uchun ham foydali. Tuxum tarkibida V guruhiga oid vitaminlar jamlangan, ular soch, tirnoq va teri salomatligi uchun juda zarur.
- Tuxum rangi mahsulotning sifati haqida darak bermaydi. Oq yoki jigarrang turdagi tuxum tarkibi tovuqning qaysi zotdan ekanligi bilan bog‘liq.
Xurshida HUSENOVA