Ezgulik yo‘lida hamjihatlik bilan

Qashqadaryo viloyat yoshlar markazida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil topganligining 20 yilligiga bag‘ishlab “Sog‘lom avlod – millat kelajagi” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan 1993 yilda tashkil etilgan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan inson qadr-qimmatini ulug‘lash, haq-huquqlarini ta’minlash va uni ijtimoiy himoyalash yo‘lida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayniqsa, fertil yoshidagi xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va salomatligini tiklash, imkoniyati cheklangan yoshlarning malakali ta’lim-tarbiya olishi uchun yetarli shart-sharoit yaratish, ularni foydali mehnatga jalb etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar shular jumlasidandir.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi viloyat bo‘limi rahbari B.Boyirov viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat Sog‘­liqni saqlash boshqarmasi, Respublika Salomatlik va tibbiy statistika instituti viloyat filiali, “Mahalla” xayriya jamg‘armasi viloyat bo‘limi kabi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda aholi o‘rtasida sog‘lomlashtirish, sport, ma’naviy-ma’rifiy, xayriya tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinayotganligini ta’kidladi. Jamg‘arma tomonidan o‘tgan yili nogironlarni reabilitatsiya qilish va sog‘lig‘ini tiklash maqsadida ajratilgan grant mablag‘lari doirasida tug‘ma lab-tanglay nuqsoni bo‘lgan 5 nafar bola operatsiya qilindi. 3 nafar bola esa Germaniyaga davolanish uchun yuborildi.

Viloyat hokimligi, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda viloyat Prokuraturasi, viloyat Sog‘liqni saqlash bosh­qarmasi, Respublika Salomatlik va tibbiy statistika instituti viloyat filiali, shahar va tumanlar xotin-qizlar qo‘mitalari, “Mahalla” xayriya jamg‘armasi viloyat, shahar va tumanlar bo‘limlari, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo‘limi vakillari ishtirok etdilar.

Konferensiya davomida “Guvalak” badiiy gimnastikachi qizlari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Tadbir so‘nggida “Sog‘lom avlod uchun” xal­qaro xayriya jamg‘armasi viloyat bo‘limi rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh ishtirokchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shohista BOZOROVA,

Qashqadaryo viloyati

Yana o‘qing:  SALOMATLIK YO’LIDAGI OGOHLIK

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: