“Islom birdamlik o‘yinlari”. Uch karatechimiz bronza uchun kurashadi
Bugun musobaqaning karate bahslari ham boshlandi. 2020 yili ilk bor Tokio Olimpiadasida karate bo‘yicha medallar shodasi o‘ynaladi. Shu bois ham, karate sport turiga bo‘lgan e’tibor juda yuqori.
-60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz 20 yoshli Sadriddin Saymatov saralash bahslari hamda yarim final uchrashuvini muvaffaqiyatli o‘tkazib, hal qiluvchi finalga yo‘llanma oldi.
Karate bahslarida ishtirok etayotgan uch hamyurtimiz bugun Dostonbek Otabolayev (-84 kg), Barno Mirzayeva (-61 kg) va Iqboljon Uzoqov bronza medali uchun tatamiga chiqishadi.
Bu bahslar Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
N.NORBOBOYEV