Xayrli ishning xosiyati xush

Olmaliq shahrida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jam­g‘armasining 20 yilligiga bag‘ishlab “Sog‘lom avlod – millat kelajagi” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.

Jamg‘armaning Toshkent viloyati mintaqaviy filiali faoliyatiga bag‘ishlangan mazkur anjumanda aholi salomatligini saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

– Viloyat tibbiy, ijtimoiy patronaj brigadasi shifokorlari tomonidan o‘tgan davr mobaynida 200 ming nafardan ortiq fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, – deydi jamg‘arma mutaxassisi Ra’no Abdurazzoqova. – Hududda istiqomat qiluvchi 20 nafardan ortiq bemor bolalar xorijiy davlatlar klinikalarida sog‘lomlashtirilgan.

Darhaqiqat, mamlakatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yangi bosqichga ko‘tarildi. Sog‘liqni saqlash muassasalarining zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash borasida dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda “Sog‘lom avlod uchun” xal­qaro xayriya jamg‘armasi ham faol ishtirok etayotgani quvonarli.

Konferensiya so‘nggida “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari, Olmaliq shahridagi “San’at g‘unchalari” tanlovi, “Navro‘z sadolari” festivali sov­rindorlari ishtirokidagi konsert dasturi yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Tadbirda “Sog‘lom avlod uchun” xal­qaro xayriya jamg‘armasi Boshqaruvi rai­si S.Inamova, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.Fayziyeva ishtirok etdi.

I. XUDOYQULOV

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  ZAMONAVIY UYLAR KO‘PAYMOQDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: