Non yurak uchun foydali ekanligi aniqlandi

Ispaniyalik olimlar har kuni me’yorida non iste’mol qilishni tavsiya etmoqda.

Nonga ko‘pincha vaznning ortishiga sabab bo‘luvchi uglevod va kraxmal manbasi sifatida qaraladi. Natijada xushqomat bo‘lishni istaganlar undan voz kechadi.

Lekin barselonalik tadqiqotchilar nonni kundalik oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatidan o‘chirmaslikka chaqirmoqda: uni har kuni me’yorida iste’mol qilish qon tomirlariga va yurakka foydali ekan. Ular 275 nafar katta yoshli kishilar ustida o‘tkazgan tajribasidan so‘ng shunday xulosaga kelgan.

Bir kun davomida 2-3 bo‘lak non yeyish orqali yurak-qon tomirlaridagi kasalliklarning rivojlanishidan himoyalanish mumkin. Uni iste’mol qilish orqali organizmdagi “yaxshi” va “yomon” xolesterin miqdori muvozanatda bo‘lib turadi.

 

G. EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  DUNYODAGI ENG INGICHKA SUN’IY QON TOMIRI YARATILDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: