Kichkintoy qalbida kitobga bo‘lgan muhabbatni qanday uyg‘otish mumkin?

Dunyoqarashning shakllanishida kitobning o‘rni beqiyos ekanligi isbot talab qilmas haqiqatdir. Mutolaaga bo‘lgan mehrni bolalalikdan shakllantirish esa kelajak uchun poydevor qo‘yish bilan barobar.

Kitobsevarlikni shakllantirishda kattalar bolalar uchun namuna bo‘lish bilan birga ko‘makchi ekanliklarini ham unutmasliklari lozim.

Bolalar uchun kitoblar qanday tanlanadi?

Kichkintoyda kitob yozuvchisiga bo‘lgan hurmat, uni avaylash, tartib bilan saqlash kabi tushunchalar hali shakllanmagan bo‘ladi. Muhimi, unga buni qanday qilib tushuntirishda.

Birinchi navbatda siz unga bu borada yaxshi namuna bo‘ling. Asosiysi, farzandingiz uchun qiziqarli kitob tanlang.

Kitob mustahkam matodan tayyorlangan bo‘lishi kerak. U karton yoki bir necha qavat polietilendan ishlangan bo‘lishi ham mumkin. Har bir sahifa mustahkam qilib, bir-biriga biriktirilgan bo‘lishi kerak. Kitobcha rasmlarga boy bo‘lsa, ayni muddao. Bu orqali farzandingizni hayvonlar, ularning turlari, ranglar bilan tanishtirishingiz, mavzu yuzasidan uni muhokamaga chorlashingiz mumkin bo‘ladi.

Bolangizga kitobga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lish muhim ekanligi haqida uqtirib boring. Shunda kichkintoyda mutolaa borasida ko‘nikmalar shakllana boradi.

Bolalar uchun mo‘ljallangan qo‘shiqlar yozilgan kitoblar uning tilini shakllanishiga turtki berish bilan birga juda qiziqarli mashg‘ulot hamdir. Xarid qilgan kitobingiz matnidagi so‘zlar bilan unda tasvirlangan rasmlar bir-biri bilan o‘zaro uyg‘un bo‘lishi shart. Bu kichkintoy tasavvurining shakllanishida katta ko‘mak beradi.

Ertak kitoblarini tanlashda yil fasllariga ham alohida ahamiyat qarating. Shu bilan bir qatorda farzandingizga kitob o‘qib berayotganingizda gap ohangiga ham e’tiborli bo‘lish yodingizdan ko‘tarilmasin. Chunki, bu orqali bolaning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini ortishiga erishish mumkin.

Ertak qancha uzun bo‘lsa, u shuncha qiziqarli bo‘ladi. Bola cho‘pchakning har bir qismini zavq bilan tinglaydi. Bu esa farzandingizga mutolaa qanchalik qiziq jarayon ekanligini bilishga ko‘mak beradi.

Shirintoyning “oyijon, yana o‘qib bering” deyishi bu sevimli taomini qayta so‘rashi bilan barobar. Bundan xulosa shuki, demak kitob to‘g‘ri tanlangan! Agar bola o‘qiyotgan ertak yoki hikoyadan zavqlanmasa, eshitishni istamasa, zerika boshlasa, unda boshqa kitob qidirishga to‘g‘ri keladi. Bunda uning xohishlari ham muhim ahamiyatga ega. “Kichkintoy qanday voqeani eshitishni istaydi, bosh qahramon qanday bo‘lishi kerak?” degan savollarga uning o‘zidan javob olsangiz, kitob tanlashda aslo qiynalmaysiz.

Yana o‘qing:  Yer noki diabet xastaligida shifo

 

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: