Diqqat! Tanlov!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi
“Yoshlarni barkamol avlod qilib tarbiyalashda, ularning hayotda munosib o‘rin egallashiga keng imkoniyatlar yaratishda hamkorlikni kuchaytirish” mavzusida davlat grantlari ajratish uchun tanlov
E’LON QILADI
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha-buyurtmanomalari qabul qilinadi:
- Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va tanlovlar o‘tkazish.
- Joylarda yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonun normalari ijrosi ustidan keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda fuqarolik jamiyati institutlari va OAVning rolini kuchaytirish.
- Yoshlarning huquqiy, tibbiy, iqtisodiy, moliyaviy va ekologik madaniyatini oshirishda ijtimoiy sheriklikning yangi mexanizmlarini qo‘llash.
- Yoshlar orasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ota-onalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va o‘quv muassasalarining mas’uliyat hissini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘qitishning zamonaviy shakl va usullarini tatbiq etish.
- Ko‘rish imkoniyati cheklangan yoki ko‘zi ojiz yoshlarga chet tillarni o‘rgatish uchun brayl yozuviga asoslangan maxsus adabiyotlar ishlab chiqish, chop etish va tarqatish.
- Joylarda tarbiyasi og‘ir bo‘lgan va uyushmagan yoshlar orasida shu hududda yashayotgan yozuvchilar, san’atkorlar, rassomlar, sportchilar va ijodning boshqa sohasi vakillari ishtirokida turli ijtimoiy-madaniy tadbirlar, telemarafonlar, ularning yoshiga mos sport va o‘quv musobaqalari, o‘quv fanlari bo‘yicha tanlovlar, mushoiralar, ijodiy va adabiy kechalar tashkil etish va o‘tkazish.
- Yoshlarning ijodiy faolligini rivojlantirish maqsadida ularni muntazam ijodiy rag‘batlantirib borish va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish.
- Fuqarolar yig‘ini guzarlari qoshida kitob fondiga ega bo‘lgan o‘quv zallari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan sinflar, shaxmat va shashka xonalari, yoshlar va keksalar uchun maxsus sport anjomlari bilan jihozlangan jismoniy tarbiya zallarini tashkil etish va ulardan maqsadli foydalanishda ijtimoiy sheriklikni keng yo‘lga qo‘yish.
- Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, “Kamolot” YOIH, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi, nogironlar, ko‘zi ojizlar, karlar jamiyatlari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida jismoniy imkoniyatlari cheklangan yoshlar o‘rtasida “O‘zim yarataman” shiori ostida turli tadbirlar, tasviriy va hunarmandchilik san’ati ko‘rgazmalari va tanlovlari tashkil etish va o‘tkazish.
- Yoshlarda sog‘lom va farovon oila qurishga bo‘lgan ko‘nikmani shakllantirish, irsiy va tug‘ma kasalliklarning oldini olish borasidagi bilimlarini yanada oshirish, erta nikoh va ajralishlar, oilalardagi ijtimoiy-psixologik muammolarning oldini olishga ko‘maklashish.
- Bola tarbiyasiga qaratilgan “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona” shiori ostida oila, mahalla va o‘quv muassasalarining hamkorligini mustahkamlash, yoshlar va yosh oilalarni namunali oilalarning hayotiy tajribalari asosida hamda xalqimizning boy ko‘p asrlik milliy an’ana va qadriyatlari ruhida tarbiyalash.
- Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik, giyohvandlik, axloqsizlik, “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan tahdidlar va salbiy illatlardan asrash borasida turkum tadbirlar tashkil etish.
- Yoshlarda huquqiy madaniyat, fuqarolik pozitsiyasi va burchini anglash hissini yuksaltirish, ularning davlat va jamiyat qurilishi sohalaridagi islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlaridan xabardorligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- Yoshlar, eng avvalo, qishloq joylardagi kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilariga alohida e’tibor qaratgan holda ularni tadbirkorlik bilan band bo‘lishga jalb qilish, ularning oilaviy biznesni rivojlantirishga qaratilgan ishlarini kuchaytirish.
- Joylardagi davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlikda yoshlar biznesini har tomonlama rivojlantirish, ularning tovarlar va xizmatlar eksporti sohasidagi ko‘nikmalarini mustahkamlash.
- Qishloq joylardagi uyushmagan yoshlarning ijtimoiy foydali mehnat va tadbirkorlikka oid zarur bilimlarni egallashga yo‘naltirilgan qisqa muddatli o‘quv kurslariga jalb etish.
- O‘sib kelayotgan avlodda kattalar, ota-onaga hurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik, ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat va muruvvat, o‘z xalqiga va ona yurtiga sadoqat kabi yuksak tuyg‘ularni shakllantirish.
Davlat granti ajratilishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
- Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.
- www. fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.
- Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ustavi (nizomi) nusxasi.
- Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
- Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.
6.3-, 4–va 5-bandlarda ko‘rsatilgan hujjatlar rahbar imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
- Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining iltimosnomalari, tavsiya xatlari ilova qilinishi mumkin.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 25 million so‘mgacha.
Hujjatlar 2017 yil 10 maydan 15 iyungacha qabul qilinadi.
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www. fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun telefonlar:
(0-371) 239-26-76,239-26-64.