Neyroxirurglar anjumani
Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Jahon neyroxirurglar jamiyatlari federatsiyasining ta’lim kursi o‘tkazildi.
Unda Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Turkiya davlatlarining yetakchi neyroxirurglari, yurtimizdagi tibbiy muassasalar xodimlari va oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Anjuman sessiyalarida neyroxirurgiyaning dolzarb masalalari yuzasidan xorijlik va mahalliy mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi, taqdimotlar o‘tkazildi. Tadbir doirasida N. Burdenko nomidagi Rossiya neyroxirurgiya ilmiy-tadqiqot instituti professorlari Samarqand tibbiyot instituti klinikasi neyroxirurgiya bo‘limida bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Ular o‘zbekistonlik hamkasblari bilan birga jarrohlik amaliyotida ishtirok etdi. Yosh mutaxassislar uchun mahorat mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Anjuman doirasida respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi bilan Rossiya va Yaponiyaning yetakchi tibbiyot muassasalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolandi.
“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari va internet materiallari asosida tayyorlandi