Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan yodgorlik ochildi
Ikkinchi jahon urushi yillarida 15 nafar bolaga boshpana bergan temirchi Shoahmad Shomahmudov oilasi sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik 9 mayda Toshkentning “Xalqlar do‘stligi” bog‘ida ochildi.
Tantanali ochilish marosimida shahar va tuman hokimliklari, milliy-madaniy markazlar, shuningdek, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 1982 yilda Xalqlar do‘stligi maydonida o‘rnatilgan monument 2008 yilda shahar chekkasiga ko‘chirilgandi. Joriy yil 1 may kuni ushbu yodgorlik “Xalqlar do‘stligi” bog‘iga yetkazildi va “Tinchlik bongi” yaqiniga o‘rnatildi.