Diqqat tanlov!

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil topganining 20 yilligi munosabati bilan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi hamda “Sog‘lom avlod” gazetasi hamkorligida yoshlar o‘rtasida“Farzandlari sog‘lom yurt – qudratli bo‘lur” deb nomlangan tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov 2013 yil aprel oyining — oxirgi haftasida yakunlanib, quyida berilgan savollarga to‘g‘ri javob yo‘llagan g‘oliblar nomi gazetada e’lon qilinadi. G‘oliblar “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining 20 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirda jamg‘arma tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Savollar:

1. O‘zbekiston Respublikasining ilk ordeni qachon ta’sis etilgan va u qanday nomlanadi?

2. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil etilgan sana?

3. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi qaysi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi?

4. Mamlakatimizda 2000 yil qanday nomlangan?

5. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etayotgan “Salomatlik poyezdi” asosan yurtimizning qaysi hududlariga yuboriladi?

6. Qaysi yil “Barkamol avlod yili” deb nomlangan?

7. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan har yili yosh musiqachilar o‘rtasida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlarning nomini ayting.

8. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi respublika miqyosida qanday sport musobaqalarini tashkillashtiradi?

9. Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi haqida nimalarni bilasiz?

10. Jamg‘arma qaysi davlat dasturlari loyihalarini tuzishda ko‘maklashgan va amalga oshirishda hukumatga ko‘maklashmoqda?

11. “Ona va bola skrining” Davlat dasturining mohiyati nimadan iborat?

12. Jamg‘arma homiyligidagi “Kamalak jilosi” hamda “Maftunkor ranglar dunyosi” rasmlar ko‘rik-tanlovlarida kimlar ishtirok etadi?

13. Reproduktiv salomatlik nima?

14. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi xal­qimiz genofondini sog‘lomlashtirish uchun qaysi davlat Dasturini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda?

15. “Sog‘lom avlod uchun”xalqaro xayriya jamg‘armasining xalqaro hamkorlari haqida qanday ma’lumotga egasiz?

16. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining tibbiy yo‘nalishda qanday loyihalari mavjud?

Mazkur savollarga eng yaqin aloqa bo‘limlari orqali “Sog‘­lom avlod” gazetasi tahririyatiga yoki jamg‘armaning fondsau@yahoo.com, gazeta tahririyatining mak­tub­@sog­lom.uz­ elektron pochtalariga yuboring. Tanlov bo‘yicha batafsil ma’lumotni www.soglom.uz sayti orqali ham olishingiz mumkin.

SAVOLLARGA TO‘G‘RI JAVOB YO’LLANG VA G‘OLIB BO‘LING!

Yana o‘qing:  Quyoshpanelli cherepitsalar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: